Eron Yevropa davlatlari armiyalarini “terrorchi guruhlar” deb e’lon qildi — BBC
Bu qaror Yevropa Ittifoqining Eron Islom inqilob qo‘riqchilari korpusini “terrorchi tashkilotlar” ro‘yxatiga kiritishiga javoban qabul qilindi.
Eron parlamenti spikeri Muhammad Boqir Galibafning aytishicha, qaror “qarshi choralar to‘g‘risidagi qonunning 7-moddasiga muvofiq” qabul qilingan. Ushbu qarorning qanday oqibatlarga olib kelishi hozircha noma’lum.
Payshanba kuni YEI tashqi ishlar vazirlari kengashi Eron Islom inqilobi qo‘riqchilari korpusini “terrorchi tashkilot” deb e’lon qilish bilan birga, Eron ichidagi norozilik namoyishlarini bostirishda ishtirok etgani, shuningdek, Rossiyaga Ukrainaga qarshi urushda yordam bergani uchun 19 nafar eronlik fuqaro va 12 ta tashkilotga nisbatan sanksiyalar joriy etgandi.