Eronning dushmanlari mintaqaviy davlat ko‘magida Islom Respublikasining orollaridan birini egallab olishga tayyorgarlik ko‘rmoqda.
Bu haqda Eron parlamenti raisi Muhammad Bag‘ir G‘olibaf ijtimoiy tarmoqlarda ma’lum qildi.
"Dushmanning barcha harakatlari Qurolli kuchlarimizning to‘liq nazorati ostida. Agar ular ruxsat etilgan chegaralardan oshib kesa, ushbu mintaqaviy davlatning barcha muhim infratuzilmasi hech qanday cheklovlarsiz shafqasiz hujumlarga duchor bo‘ladi", deb tahdid qildi u.