Bu haqda AFP xabar berdi.
Quvayt Moliya vazirligining xabar berishicha, shanba oqshomida Al-Quvayt shahridagi hukumat majmuasi dushman dronlari hujumiga uchragan. Hujum natijasida binoga jiddiy zarar yetgan, biroq qurbonlar yo‘q, deyiladi agentlik xabarida.
Shuningdek, Quvayt neft korporasiyasi Shuvayx tumanidagi neftni qayta ishlash zavodida dron hujumidan so‘ng yong‘in chiqqanini tasdiqladi.
Quvayt armiyasi Bosh shtabi mamlakat Eron tomonidan raketa va dronlar orqali ommaviy hujumga uchrayotganini ma’lum qildi.