Evropa parlamenti prezidenti Roberta Metsola Eronning diplomatik va boshqa vakillarini Yevropa parlamenti hududiga kirishdan taqiqlash haqida qaror qabul qildi.
Bu haqda Sky News xabar bermoqda.
«Eronning jasur xalqi o‘z huquqlari va erkinliklari uchun kurashni davom ettirar ekan, men bugun Eronning barcha diplomatik xodimlari va boshqa vakillari Yevropa parlamenti binolariga kirishini taqiqlashga qaror qildim. Bu Mahkam xona, qiynoqlar, repressiyalar va o‘g‘irliklar orqali hokimiyatni ushlab turgan rejimning legitimlashuviga yordam bermaydi» - dedi Metsola.