Bugun 15 yanvar, 2026 yil, payshanba

КИР

Eron deyarli barcha samolyotlar uchun o‘z havo hududini yopdi

Eron deyarli barcha samolyotlar uchun o‘z havo hududini yopdi

Eron o‘z havo hududini avvalroq olingan ruxsatnoma asosida xalqaro reyslardan tashqari barcha samolyotlar uchun yopdi.

Bu haqda Eron Fuqaro aviasiyasi tashkiloti (NOTAM) e’lon qildi.

Cheklovlar chorshanba kuni Toshkent vaqti bilan soat 21:45 dan kuchga kirdi. Flightradar24 ma’lumotlariga ko‘ra, hozirda Eron havo hududida ikkita samolyot bor – Bangkok va Guanchjoudan Tehronga parvozlar.

Avvalroq Saudiya Arabistonining Al-Hadath telekanali Eron Iroq bilan chegaradosh hududlarda havo hududini yopganini xabar qilgan edi.

Avvalroq Reuters manbalarga tayanib xabar bergan ediki, mintaqadagi keskinlik kuchayib borayotgan bir paytda AQSh keyingi 24 soat ichida Eronga zarba berishi mumkin.

Kiritildi: Bugun 10:45. O'qildi: 402 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!