Bugun 18 aprel, 2026 yil, shanba

КИР

Eron boyitilgan uranni mamlakatdan olib chiqib ketilishini rad etdi

Eron boyitilgan uranni mamlakatdan olib chiqib ketilishini rad etdi

Mamlakat Milliy xavfsizlik qo‘mitasi matbuot kotibi Ibrohim Rizoiy Tehron boyitilgan uran zaxiralarini topshirish bo‘yicha hech qanday majburiyat olmaganini va bunga yo‘l qo‘ymasligini ma’lum qildi. U Eronning tinchlik yo‘lidagi yadroviy dasturini to‘xtatishni "strategik qizil chiziq" deb atadi.

​Avvalroq AQSh prezidenti Donald Tramp Eron boyitilgan uran zaxiralarini topshirishini da’vo qilib, "AQSh barcha yadroviy 'changini' qo‘lga kiritadi", deb yozgan edi.

​Eron TIV vakili Ismoil Baqoiy ham Trampning bayonotlarini rad etib: "Boyitilgan uran biz uchun Eron tuprog‘i kabi muqaddas va u hech qanday holatda hech qayerga ko‘chirilmaydi", — deya ta’kidladi.

Kiritildi: Bugun 14:51. O'qildi: 503 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!