Bugun 3 aprel, 2026 yil, juma

КИР

Eron Bosh shtabi AQShning quruqlikdagi amaliyoti boshlanishini kutmoqda

Eron Bosh shtabi AQShning quruqlikdagi amaliyoti boshlanishini kutmoqda

Eron Bosh shtabi AQShning quruqlikdagi amaliyoti boshlanishini kutayotganini ma’lum qildi va buning oqibatlaridan ogohlantirdi.

Bayonotda aytilishicha, yuzma-yuz janglarda amerikaliklar shunday falokatga duch keladiki, bundan keyin hech kim AQSh armiyasida xizmat qilishni xohlamay qoladi, amaliyotning o‘zi esa haqiqiy "jang maydoniga" aylanadi.

Shuningdek, amerikalik askarlar hozirda mehmonxona va portlarda yashirinib yotgani, ammo quruqlikdagi urushda ular uchun hech qanday boshpana qolmasligi ta’kidlangan.

Bundan tashqari, Ho‘rmuz bo‘g‘ozi uzoq muddatli istiqbolda amerikaliklar va sionistlar uchun yopiq qolishi hamda ular hech qanday holatda bu yo‘lga kiritilmasligi alohida qayd etilgan.

Eron tomoni Vashington mojarodan chiqish yo‘llarini izlayotganini, biroq ularga ketishga yo‘l qo‘yilmasligini bildirdi. "Etkazilgan zarar qoplanishi, tajovuzkorlar esa jazolanishi kerak", deyiladi bayonotda.

Kiritildi: Bugun 13:40. O'qildi: 628 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!