Bloomberg'ga ko‘ra, Eron Ho‘rmuz bo‘g‘ozidan foydalana oladigan yagona yirik eksportyorga aylangani sabab qo‘shimcha yuzlab million dollar foyda ko‘rmoqda.
Hozirda Eron nefti so‘nggi 10 oydagi eng kam chegirma bilan sotilmoqda, Brent nefti esa barreli $100dan yuqori saqlanmoqda.
Hisob-kitoblarga ko‘ra, martdan buyon Tehron kuniga o‘rtacha $139 mln daromad olmoqda. Bu ko‘rsatkich fevral oyida $115 mlnni tashkil etgan.