AQSh prezidenti Donald Tramp Eron bilan olib borilayotgan muzokaralar natijalari yaqin 24 soat ichida ma’lum bo‘lishini bildirdi. Bu haqda New York Post xabar berdi.
«Biz buni taxminan 24 soat ichida bilib olamiz. Yaqin orada ma’lum bo‘ladi», — dedi u, muzokaralar muvaffaqiyatiga ishonishi haqidagi savolga javoban.
Shu bilan birga, Oq uy rahbari muzokaralar muvaffaqiyatsiz tugagan taqdirda kuch ishlatish varianti ham ko‘rib chiqilayotganini ta’kidladi.
«Biz qayta tayyorgarlik ko‘ryapmiz. Kemalarimizni eng yaxshi o‘q-dorilar va hozirgacha yaratilgan eng ilg‘or qurollar bilan jihozlayapmiz — hatto avval ishlatganlarimizdan ham yaxshiroq», — dedi Tramp.