Bugun 2 may, 2024 yil, payshanba

КИР

Eron belgilangan miqdordan ko‘proq boyitilgan uran to‘pladi

Eron belgilangan miqdordan ko‘proq boyitilgan uran to‘pladi

Eron belgilangan miqdordan ko‘proq uran to‘pladi. To‘plangan uran miqdori 370 kgni tashkil qilmoqda. Bu haqda Mehr nashri Eron yadro energiyasi tashkiloti vakili Behruz Kamolvandiyga iqtibos keltirgan holda xabar berdi. 

Eron uchun qo‘shma harakatlar rejasida ko‘zda tutilgan uran limiti 300 kgni tashkil qiladi. Kamolvandiyning aytishicha, Eron yaxshi sur’atlar bilan boyitilgan uran ishlab chiqarmoqda. Shuningdek, uning ta’kidlashicha, Eron 130 tonna og‘ir suv zaxirasi bilan cheklanib qolmoqchi emas. Unga limit ham harakatlar rejasida ko‘zda tutilgan.

7 iyulda Eron qo‘shma harakatlar rejasidagi majburiyatlarini bajarishdan voz kechish doirasida uranni 3,67 foizgacha boyitishga o‘tishini e’lon qilgan. Eron hukumati agar harakatlar rejasi atrofidagi muammolar hal qilinmasa, unda majburiyatlardan voz kechishning 3-bosqichi 60 kundan keyin kelishidan ogohlantirgan. 

Manba: kun. uz

Kiritildi: 21:30 13.08.2019. O'qildi: 1258 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!