Eron Shayx Isodagi Bahrayn bazasiga dron hujumlarini e’lon qildi.
Al Jazeera telekanali bu haqda Eron Islom inqilobi qo‘riqchilari korpusi bayonotiga tayanib xabar berdi.
Hujumlar AQSh harbiylari tomonidan ishlatiladigan Super Hawk radarlari va Patriot raketa tizimlari kabi aloqa va radar tizimlariga qaratilgan. Xabarlarga ko‘ra, qiruvchi samolyotlar uchun yoqilg‘i uzatish stansiyasi ham vayron qilingan.
IIQK baza "butunlay vayron qilinganini" ma’lum qildi.