Islom inqilobi qo‘riqchilari korpusining (IIQK) dengiz va aerokosmik kuchlari Bahrayn va Quvaytdagi AQSh harbiy bazalariga zarbalar berdi.
Bu haqda Eron davlat televideniyesi ma’lum qildi.
"Dushmanlarning mamlakatning turli hududlariga hujumlaridan ko‘p o‘tmay, IIQK dengiz va aerokosmik kuchlari qo‘shma raketa va dron operasiyasi natijasida Quvaytdagi ikkita AQSh bazasi – Ali as-Salem va Arifjon – hamda Bahrayndagi Al-Jufayr va Shayx Iso bazalaridagi asosiy inshootlar va infratuzilmani yo‘q qildi”, deyiladi bayonotda.
IIQK agar AQSh hujumlari davom etsa, Eron o‘zining javob choralarini Yaqin Sharqdagi boshqa AQSh harbiy bazalarini ham qamrab olishi haqida ogohlantirdi.