Bugun 8 aprel, 2026 yil, chorshanba

КИР

Eron atrofidagi mojaro: neft-gaz kompaniyalari Afrikaga yuzlanmoqda

Eron atrofidagi mojaro: neft-gaz kompaniyalari Afrikaga yuzlanmoqda

The Economist jurnalida qayd etilishicha, Eron atrofidagi mojaro fonida neft-gaz kompaniyalari Afrikaga Yaqin Sharqqa muqobil asosiy hudud sifatida investisiyalarni kuchaytirmoqda.

Eron atrofidagi mojaroning har bir yangi burilishi bilan jahon neft bozorlari beqarorlashar ekan, ishlab chiqaruvchilar uning uzoq muddatli oqibatlarini baholashga harakat qilmoqda. Bir narsa aniq: Yaqin Sharqdagi boy uglevodorod manbalariga muqobil bo‘lgan zaxiralar yuqori talabda qoladi. Ammo ularni qayerdan izlash mumkin?
.
Afrika — so‘nggi o‘n yil davomida ko‘plab yirik neft kompaniyalari diqqat markazidan chetda qolib kelgan qit’adir. Hozir esa vaziyat o‘zgarmoqda. Hatto urushdan oldin ham xarajatlar rejalari investisiyalarning sezilarli darajada oshishini ko‘rsatar edi.
Wood Mackenzie konsalting kompaniyasi bahosiga ko‘ra, yetti yirik G‘arb kompaniyasining Afrikada neft va gazni qidirish hamda qazib olishga yo‘naltiriladigan umumiy sarmoyasi 2026–2030 yillarda taxminan 64 milliard dollarni tashkil etadi (avvalgi besh yillikda bu ko‘rsatkich 41 milliard dollar bo‘lgan). Shu bilan birga, ularning upstream (qidirish va qazib olish) sohasidagi umumiy investisiyalardagi ulushi 10,6 foizdan 13,5 foizgacha oshishi kutilmoqda. Yaqin Sharqdagi mojaro fonida bu o‘sish yanada tezlashishi mumkin.
Afrikaga bo‘lgan qiziqishning qayta tiklanishi ham istiqbolli geologik imkoniyatlar, ham texnologiyalar rivoji bilan izohlanadi. Qit’a, ayniqsa, dengizda neft qazib olish sohasida katta salohiyatga ega.
Rystad Energy konsalting kompaniyasi tomonidan taxmin qilingan resurslar va boshqa omillar asosida saralangan 42 ta «yuqori samarador» qidiruv quduqlaridan 17 tasi Afrikada joylashgan. Ularning aksariyati o‘ta chuqur suvli hududlar toifasiga kirib, chuqurligi 1500 metr va undan ortiqni tashkil etadi.
Bunday loyihalar kompaniyalarga juda katta foyda keltirishi mumkin, ammo ularni amalga oshirish murakkab bo‘lib, katta xarajatlarni talab etadi.

Kiritildi: Bugun 09:15. O'qildi: 484 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!