Eronning Xatam al-Anbiya harbiy qo‘mondonligi Qo‘shma Shtatlarni sulhni buzganlikda aybladi.
Harbiylarning bayonoti Eronning davlat teleradiokompaniyasi tomonidan keltirilgan.
"Amerika harbiylari Hormuz bo‘g‘oziga ketayotgan Eron neft tankerini o‘qqa tutib, sulhni buzdi", deyiladi bayonotda.
Shuningdek, AQSh kuchlari Amirliklarning Fujayra porti qirg‘og‘ida yana bir Eron kemasini o‘qqa tutgani ta’kidlangan.
Bundan tashqari, bayonotda AQSh "ba’zi mintaqaviy mamlakatlar" bilan birgalikda Hemir, Sirik va Qeshm orolidagi tinch aholi punktlariga havo hujumlarini amalga oshirgani ta’kidlangan.
"Bunga javoban Eron qurolli kuchlari Hormuz bo‘g‘ozining sharqiy qismida va Chabahar portining janubida AQSh harbiy kemalariga hujum qilib, jiddiy zarar yetkazdi", deyiladi bayonotda.
Avvalroq Fox News AQSh harbiylari Eronning Keshm porti va Eron janubidagi Bandar Abbosga hujumlar uyushtirgani haqida xabar bergan edi.