Eron Tashqi ishlar vaziri Abbos Aroqchi Tehron AQShgacha yetib borishga qodir bo‘lgan raketalarni ishlab chiqayotgani haqidagi ma’lumotni rad etdi.
Avvalroq AQSh prezidenti Donald Tramp Eron Yevropaga yetib boradigan raketalarni allaqachon ishlab chiqqanini va go‘yoki AQShgacha uchib boradigan raketalar ustida ishlayotganini da’vo qilgan edi. "Bu soxta xabarlar (feyk)", — dedi Aroqchi "India Today" telekanaliga bergan intervyusida.
Vazirning so‘zlariga ko‘ra, Eron raketalar uchish masofasini ongli ravishda ikki ming kilometr bilan cheklagan. Raketalarning o‘zi esa, deb qo‘shimcha qildi Aroqchi, mudofaa va tiyib turish maqsadlarida ishlab chiqilgan bo‘lib, global xavf tug‘dirmaydi.