Eron hozircha Yaqin Sharqdagi mojaroni to‘liq to‘xtatish bo‘yicha AQSh taklifiga yakuniy javob bermaganini ma’lum qildi.
Eron Tashqi ishlar vazirligi rasmiy vakili Ismoil Bagaining aytishicha, taklif hozirda ko‘rib chiqilmoqda va Tehron yakuniy qaror qabul qilgach, bu haqda rasman e’lon qiladi.
Shuningdek, u AQShning Eron kemasiga bergan zarbasini “xalqaro huquqning qo‘pol buzilishi” deb atadi.
“Kecha kechqurun sodir etilgan harakatlar xalqaro huquq va o‘t ochishni to‘xtatish rejimiga ziddir. Hozir biz rasman sulh rejimidamiz. Qurolli kuchlarimiz to‘liq tayyor holatda va vaziyatni diqqat bilan kuzatmoqda”, — dedi Bagai.