Eron AQSh oldiga qat’iy talablar qo‘ymoqda – The Wall Street Journal.
Nashrning xabar berishicha, Eron tomoni muzokaralar doirasida Qo‘shma Shtatlarga bir qator shartlarni ilgari surgan:
– Fors ko‘rfazi hududidagi barcha Amerika harbiy bazalarini yopish;
– Ho‘rmuz bo‘g‘ozidan kemalar o‘tishining "yangi tartibi"ni joriy etish, bu Eronga o‘tayotgan kemalardan to‘lov olish imkonini beradi;
– Eronga qarshi qo‘llanilgan barcha sanksiyalarni bekor qilish;
– Vashington tomonidan harbiy harakatlar qayta tiklanmasligi bo‘yicha kafolatlar berilishi;
– Isroilning Livandagi "Hizbulloh" harakatiga zarbalar berishni to‘xtatishi;
– Eronning raketa dasturini cheklash yoki tugatish bo‘yicha muzokaralarga chek qo‘yish.