Al Arabiya xabariga ko‘ra, Islomobodda o‘tayotgan Eron va AQSh o‘rtasidagi muzokaralar hozircha to‘xtab qolgan va “muzlatilgan” holatga kelgan.
Manbalarga ko‘ra, muzokaralar butunlay bekor qilinmagan, biroq ularni davom ettirish uchun har ikki tomon ham muayyan yon berishlarga borishi kerak.
Pokistonlik diplomatning aytishicha, muzokaralardagi siljish juda sekin ketmoqda.
Asosiy to‘siqlardan biri sifatida AQShning dengiz blokadasi tilga olingan bo‘lib, Tehron muzokaralarni davom ettirish uchun aynan shu cheklovlar yumshatilishini talab qilmoqda.