Bugun 26 avgust, 2026 yil, chorshanba

КИР

Eron AQSh hujumiga javob qaytarishini ma’lum qildi

Eron AQSh hujumiga javob qaytarishini ma’lum qildi

Eron harbiylari mamlakat janubi-sharqidagi harbiy ob’ektlarga berilgan AQSh zarbalariga qat’iy javob qaytarilishini ma’lum qildi.

Eron davlat televideniyesi IRIB tarqatgan ma’lumotga ko‘ra, chorshanba kuni ertalab AQSh Eronning Bampur hududidagi harbiy bazalarga 13 ta raketa uchirgan. Hujum oqibatida yetti nafar harbiy xizmatchi halok bo‘lgan.

Eron armiyasi bayonotida mamlakat qurolli kuchlari boshqa xavfsizlik tuzilmalari bilan hamkorlikda AQShning harakatlariga javob qaytarishi ta’kidlangan.

AQSh tomoni avvalroq ushbu zarbalarni Eronning Hurmuz bo‘g‘ozi orqali harakatlanayotgan tijorat kemalariga qarshi amalga oshirgan harakatlariga javob sifatida izohlagan edi.

8 iyuldan buyon AQSh va Eron o‘rtasidagi harbiy keskinlik kuchayib, tomonlar bir necha bor o‘zaro zarbalar bergan. Eron ham bunga javoban Yaqin Sharqdagi qator mamlakatlarda joylashgan AQSh harbiy bazalariga hujumlar uyushtirganini ma’lum qilgan.

Kiritildi: 19:47 15.07.2026. O'qildi: 1061 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!