"Yadro dasturi bo‘yicha Qo‘shma Shtatlar bilan muzokaralar 6 fevral kuni ertalab Ummon poytaxti Maskatda o‘tkazilishi rejalashtirilgan", —deya ma’lum qildi Eron tashqi ishlar vaziri Abbos Aroqchi.
Eron TIV rahbari barcha zarur tashkiliy ishlarni amalga oshirgani uchun Ummonga minnatdorlik bildirdi.
Avvalroq Axios nashri Vashington Tehron Istanbulda bo‘lishi rejalashtirilgan muzokaralar Ummonda o‘tkazilishini talab qilganidan so‘ng, uni bekor qilgani haqida xabar bergan edi.
Bundan tashqari, AQSh muzokaralar kun tartibini kengaytirib, Eronning faqat yadro dasturigina emas, balki boshqa masalalarni ham muhokama qilishni istamoqda.