Eron futbol federasiyasi AQSh tomonidan 2026 yilgi futbol bo‘yicha Jahon chempionati guruh bosqichi uchun ajratilgan chiptalar kvotasi bekor qilinganini ma’lum qildi.
Federasiyaga ko‘ra, har bir terma jamoaga FIFA qoidalari asosida o‘yinlar uchun chiptalarning 8 foizi ajratiladi. Eron bu chiptalarni oldindan sotishni boshlagan, muxlislar ham safarlarini rejalashtirgan.
Biroq keyinchalik ushbu kvota qaytarib olingan. Eron bu qarorni xalqaro musobaqalar ruhi va tenglik tamoyillariga zid deb atadi hamda FIFAni vaziyatga aralashishga chaqirdi.
Tehronning bildirishicha, AQSh tomonidan jamoa a’zolariga viza berishda ham qiyinchiliklar kuzatilgan. Shu bilan birga, ayrim rasmiylar uchun viza rad etilgan, ammo futbolchilarga viza berilgani aytilgan.