Bugun 4 oktyabr, 2026 yil, yakshanba

КИР

Erling Xoland uchun yana bir top-klub da’vogar bo‘ldi

Erling Xoland uchun yana bir top-klub da’vogar bo‘ldi

«Manchester Siti» hujumchisi Erling Xolandga yana bir da’vogar paydo bo‘ldi.

El Nacional ma’lumotiga ko‘ra, «PSJ» norvegiyalik futbolchini o‘z safiga qo‘shib olishni maqsad qilgan. Parijliklar Xolandni Usmon Dembelening o‘rniga munosib nomzod sifatida ko‘rmoqda. Fransiyalik futbolchining Saudiya Arabistoniga yo‘l olishi kutilmoqda.

Avvalroq Xolandga «Bavariya», «Chelsi», «Arsenal», «Barselona» va «Real» ham qiziqish bildirayotgani haqida xabarlar tarqalgan edi.

Joriy mavsumda Erling Xoland «Manchester Siti» safida 7 ta uchrashuv o‘tkazib, 7 ta gol urdi.

Kiritildi: Bugun 13:34. O'qildi: 279 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!