Bugun 23 noyabr, 2026 yil, dushanba

КИР

Erkak sevishganlar kunida rafiqasini otib tashladi

A A A
Erkak sevishganlar kunida rafiqasini otib tashladi

Sevishganlar kuni Sharqiy Sasseks fuqarosi uchun haqiqiy dahshatga aylanadi. Er o‘z xotinidan qasos olishga qaror qiladi.

Kreyg Sevij qurol do‘konidan miltiqni o‘g‘irlaydi va xotinining uyiga boradi. Aniqlanishicha, bayramdan bir oy oldin er-xotinlar janjal sabab ajralib ketishgan, ammo 35 yoshli erkak rafiqasidan qaytib kelishini ko‘p bora iltimos qilgan. Biroq u bu ishi bilan muammoni kattalashtirib yuborgan.

Qilayotgan urinishlarining befoyda bo‘layotganligini bilgan va bundan qattiq g‘azabga tushgan jinoyatchi bayram kunida rafiqasi Mishel Poskitt, uning onasi hamda itini barchaning ko‘z o‘ngida otib tashlagan, deya xabar berdi “The Sun”.

Sud ekspertizasining qayd etishicha, Kreyg marhumlarning boshiga qarata o‘q uzgan.

 

Kiritildi: 10:13 19.10.2018. O'qildi: 2465 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Eng ko'p o'qilgan yangilik