Bugun 18 iyul, 2025 yil, juma

КИР

Erdo‘g‘on Putin bilan uchrashuvni samarali deb atadi

A A A
Erdo‘g‘on Putin bilan uchrashuvni samarali deb atadi

Turkiya prezidenti Rajab Toyyib Erdo‘g‘on Samarqandda bo‘lib o‘tgan Shanxay hamkorlik tashkiloti (SHHT) sammiti doirasida Rossiya yetakchisi Vladimir Putin bilan samarali uchrashuv o‘tkazdi.

“Sammit doirasida Ozarbayjon, Xitoy, Mo‘g‘uliston, O‘zbekiston, Rossiya va Eron prezidentlari, Pokiston va Hindiston bosh vazirlari bilan ham samarali ikki tomonlama uchrashuvlar o‘tkazdik. Uchrashuvlar chog‘ida biz ikki tomonlama munosabatlarimiz, shuningdek, dolzarb global muammolar yuzasidan fikr almashdik”, — deya uning so‘zlaridan iqtibos keltiradi RIA Novosti.

Shu bilan birga, u tegishli maslahatlashuvlar va aloqalar “yaxshi natijalarga” olib kelishiga umid bildirdi.

Avvalroq Putin Erdo‘g‘on bilan uchrashuvda Turkiyani "Rossiya gazining Yevropaga ishonchli yetkazib beruvchisi" deb atagan edi.

Kiritildi: 23:26 17.09.2022. O'qildi: 2917 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!