Turkiya prezidenti Rajab Toyyib Erdo‘g‘on mamlakatdagi norozilik namoyishlari fonida muxolifatni turk xalqining “asablari bilan o‘ynashmaslikka” chaqirdi.
“Fuqarolarimizning tinchligini provokasiyalar bilan buzishni bas qilishga bir necha bor chaqirganman. Agar sizda jasorat bo‘lsa, korrupsiya, o‘g‘irlik, olingan pora, sodir etilgan qonunbuzarliklar uchun hisob bering. Agar hozirgi tergovda ayblanib, hibsga olinganlarga kafolat bersangiz, ochiq ayting va siz bizning polisiyamizga qarshi bo‘lgan mentalitetni qabul qildingiz ", dedi Turkiya rahbari vazirlar mahkamasi yig‘ilishidan keyin xalqqa murojaat qilib.
O‘tgan haftadan beri Anqara, Istanbul, Izmir va boshqa bir qancha shaharlarda hibsga olingan Istanbul hokimi, muxolifatdagi Jumhuriyat Xalq partiyasi a’zosi Ekrem Imomo‘g‘lini qo‘llab-quvvatlovchi namoyishlar davom etmoqda.