Turkiya prezidenti Rajab Toyyib Erdo‘g‘on Nikolas Maduroga Venesuela prezidenti lavozimini tark etib, Turkiyaga ko‘chib o‘tish imkoniyati taklif qilingani haqidagi xabarlarni rad etdi.
Bu haqda Turkiya yetakchisi ma’lum qildi.
Maduroga Turkiyaga kelish imkoniyati taklif qilinganmi, degan savolga Erdo‘g‘on: “Bizga bunday ma’lumot kelmadi, bu sodir bo‘lmadi”, deb qisqa javob berdi.
Avvalroq Amerika OAVlari AQSh vakillari Maduroga iste’foga chiqish va Turkiyaga ko‘chib o‘tish imkoniyatini taklif qilgani, biroq u bu taklifni rad etgani haqida xabar bergan edi.