Bugun 23 noyabr, 2026 yil, dushanba

КИР

Erdo‘g‘on Ilon Mask bilan telefon orqali suhbatlashdi

A A A
Erdo‘g‘on Ilon Mask bilan telefon orqali suhbatlashdi

Turkiya prezidenti AQShning SpaceX kompaniyasi rahbari Ilon Mask bilan telefon orqali muloqot qildi. 

«Muzokaralar chog‘ida turli jabhalar, jumladan, Turkiyaning kosmik texnologiyalar sohasidagi kompaniyalari, davlat muassasalari va xususiy sektori bilan hamkorlik masalalari muhokama qilindi», — deyiladi turklar yetakchisi devonxonasi tomonidan tarqatilgan xabarda.

Eslatib o‘tamiz, shu yil 8 yanvar kuni SpaceX tomonidan Falcon 9 raketa tashuvchisi fazoga uchirilgandi. Ushbu qurilma o‘zi bilan birga Turksat 5A aloqa yo‘ldoshini ham samoga olib chiqqandi.

Kiritildi: 10:26 28.01.2021. O'qildi: 2424 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Eng ko'p o'qilgan yangilik