Turkiya prezidenti Rajab Toyyib Erdo‘g‘on Suriya yetakchisi Bashar al-Assad bilan uchrashuv o‘tkazishga tayyorligini bildirdi . Bunday qadam Yaqin Sharqda barqarorlik va tinchlik o‘rnatilishiga yordam berishi kutilmoqda. Erdo‘g‘onning so‘zlarini Turkiyaning Hurriyet nashri keltirmoqda .
«Biz bu borada murojaat qildik va Turkiya va Suriya munosabatlarini normallashtirish uchun Bashar al-Assad bilan uchrashishga tayyorligimizni bildirdik. Biz bunga tayyormiz. Aholisi musulmon bo‘lgan ikki davlat sifatida biz bu birlikka tezroq erishmoqchimiz»,-degan Erdog‘an, boshqa tomondan qaror kutayotganini qayd etdi.
Turkiya prezidenti, shuningdek, Suriyadagi hozirgi xotirjamlik mojaroga yakuniy yechim izlashga hissa qo‘shishini ta’kidladi. Uning ta’kidlashicha, millionlab suriyaliklar o‘z vatanlariga qaytishni kutmoqda.