Turkiya prezidenti Rajab Tayyib Erdo‘g‘an Suriyada “davlat ichida davlat”ga yo‘l qo‘yilmasligini bildirdi. Uning aytishicha, masala tinch yo‘l bilan va erishilgan kelishuvlarga muvofiq hal etilishi lozim.
Erdo‘g‘an, shuningdek, Suriyada, ayniqsa vayron etilgan hududlarda tiklash va qayta qurish ishlari boshlanishini ma’lum qildi.