Bugun 20 noyabr, 2026 yil, juma

КИР

Erdo‘g‘an Tramp bilan uchrashmoqchi

A A A
Erdo‘g‘an Tramp bilan uchrashmoqchi

Turkiya prezidenti Rajab Tayyib Erdo‘g‘an AQSh prezidenti Donald Tramp bilan uchrashish niyatida ekanini bildirdi. Bu haqda CNN Turk kanaliga bergan intervyusida ma’lum qildi.

Turkiya rahbarining so‘zlariga ko‘ra, amerikalik hamkasbi bilan bo‘lgan munosabatlar juda yaxshi bo‘lib, bu ko‘p muammolarni osonroq hal qilish imkonini beradi. Men undan Qo‘shma Shtatlarga tashrif buyurish uchun taklif oldim, ammo uni Turkiyada kutayotganimni aytdim , dedi u.

Uchrashuv 31 martdan keyin bo‘lishi mumkinligi ma’lum qilindi.

Bundan tashqari, Turkiya prezidenti Rossiya bilan munosabatlar ham jadal rivojlanib borayotganini aytdi

Kiritildi: 07:15 25.02.2019. O'qildi: 1319 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Eng ko'p o'qilgan yangilik