Bugun 23 noyabr, 2026 yil, dushanba

КИР

Erdo‘g‘an Samarqandda Putin bilan nimani muhokama qilmoqchi?

A A A
Erdo‘g‘an Samarqandda Putin bilan nimani muhokama qilmoqchi?

Turkiya prezidenti Rajab Toyyib Erdo‘g‘an Ukraina g‘allasi eksporti bilan bog‘liq vaziyatni Rossiya rahbari Vladimir Putin bilan Samarqandda muhokama qilish niyatida ekanligini ma’lum qildi.

Turkiya rahbari Rossiya prezidenti Vladimir Putinning oziq-ovqat bo‘yicha kelishuvdagi don muhtojlarga emas, boy mamlakatlarga ketadi, degan bayonotiga qo‘shildi.

“Biz Rossiya donini yetkazib berishni boshlamoqchimiz. Biz buni kutamiz”, — deya Erdo‘g‘anning Xorvatiyada bo‘lib o‘tgan matbuot anjumanida so‘zlaridan iqtibos keltirmoqda RIA Novosti.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq Putin Sharqiy iqtisodiy forum chog‘ida G‘arb Ukrainadan g‘alla eksporti bilan oziq-ovqatga muhtoj davlatlarni aldaganini aytgandi.

Kiritildi: 16:18 08.09.2022. O'qildi: 3640 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Eng ko'p o'qilgan yangilik