Bugun 29 aprel, 2024 yil, dushanba

КИР

Erdo‘g‘an ramazondan keyin Shushaga tashrif buyurishi haqida ma’lum qildi

Erdo‘g‘an ramazondan keyin Shushaga tashrif buyurishi haqida ma’lum qildi

May oyida Turkiya prezidenti Tog‘li Qorabog‘ning muhim shaharlaridan biriga tashrif buyurmoqchi. Shushaning qaytarib olinishi 2020 yil kuzida Armaniston-Ozarbayjon mojarosining so‘nggi voqealaridan biri bo‘ldi.

Turkiya prezidenti Rajab Toyyib Erdo‘g‘an Ramazondan keyin (may oyida) Tog‘li Qorabog‘dagi Shusha shahriga tashrif buyurish niyati borligini ma’lum qildi. U Turkiy tilli davlatlar hamkorlik kengashining norasmiy sammitida o‘z niyati haqida gapirdi, deb xabar bergan Anadolu.

“Turkiyzabon mamlakatlarning Qorabog‘dagi turkiy yodgorliklarni himoya qilish va qayta tiklashda Ozarbayjonni qo‘llab-quvvatlashda davom etishi muhimdir. Umid qilamanki, tez orada Ramazon ta’tilidan so‘ng biz Shushaga tashrif buyuramiz, bu biz uchun yana bir bayramga aylanadi", deb va’da qilgan Turkiya rahbari.

Ozarbayjonning Report nashri xabariga ko‘ra, Erdo‘g‘an Shushaga Ozarbayjon Prezidenti Ilhom Aliyev bilan birga kelish niyatida ekanligini aytgan.

Kiritildi: 10:30 01.04.2021. O'qildi: 2252 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!