Bugun 17 may, 2024 yil, juma

КИР

Erdo‘g‘an Qozog‘istonga tashrifini bekor qildi

Erdo‘g‘an Qozog‘istonga tashrifini bekor qildi

Turkiya Prezidenti Turkiy tilli davlatlar hamkorlik kengashining norasmiy sammitida qatnashishi rejalashtirilgan edi. 30-31 mart kunlari Turkistonda o‘tkazilishi belgilangan mazkur tadbirda Erdo‘g‘an videokonferensiya rejimida ishtirok etadi.

Tashrifni bekor qilishning ehtimoliy sababi Turkiyadagi iqtisodiy ahvolning yomonlashuvidir. Bir kun oldin Erdo‘g‘an Markaziy bank rahbarini ishdan bo‘shatgan edi, shundan so‘ng lira kursi 18 foizga tushib ketdi.

Ma’lumot o‘rnida: Turkiy kengash 2009 yilda tashkil etilgan. U Ozarbayjon, Qozog‘iston, Qirg‘iziston, Turkiya va O‘zbekistonni birlashtiradi. Vengriya davlati esa kuzatuvchi sifatida qatnashmoqda.

Kiritildi: 14:54 24.03.2021. O'qildi: 3517 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!