Bugun 11 may, 2024 yil, shanba

КИР

Erdo‘g‘an qochoqlar borasida: "Biz G‘arbga o‘xshab ish tutmaymiz"

Erdo‘g‘an qochoqlar borasida: "Biz G‘arbga o‘xshab ish tutmaymiz"

Turkiya prezidenti Rajab Toyyib Erdo‘g‘an bugun poytaxt Anqarada “Shahar va xavfsizlik” mavzusidagi simpoziumda ishtirok etdi. Anjumanda nutq so‘zlagan Erdo‘g‘an Suriyaning Idlib viloyatidagi vaziyatga to‘xtalib o‘tdi. 

“200-250 ming qochqin ayni paytda chegaralarimizga qarab harakatlanyapti. Ba’zi choralar bilan oldini olishga urinyapmiz, lekin bu ish oson emas, chunki ro‘parangizdagilar – inson. Biz insonlarga qarshi G‘arb singari to‘siqlar, simtikanlar o‘rnatmaymiz. Xuddi shu narsa bizning boshimizga ham kelishi mumkin”, – dedi Turkiya prezidenti. 

G‘arbning qochqinlarga nisbatan pozisiyasini tanqid qilgan Erdo‘g‘an hozirda Turkiyada 4 millionga yaqin suriyalik qochqin borligini aytdi. 

Eslatib o‘tamiz, oxirgi kunlarda Idlibda to‘qnashuvlar ortgani tufayli tinch aholi qochishga majbur bo‘lmoqda.

Kiritildi: 11:07 03.01.2020. O'qildi: 1645 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!