Bugun 16 iyun, 2025 yil, dushanba

КИР

Erdo‘g‘an Putin, aslida, qanday odam ekanligini aytdi

A A A
Erdo‘g‘an Putin, aslida, qanday odam ekanligini aytdi

Turkiya prezidenti Erdo‘g‘an Rossiya rahbari Vladimir Putinni va’dasida turadigan halol odam deb biladi.

Avvalroq Rossiya prezidenti matbuot anjumanida savollardan biriga javob berar ekan, Erdog‘anni "ba’zi masalalar bo‘yicha qarashlari turlicha bo‘lishiga qaramay", "so‘zida turadigan" odam deb atagan edi.

"Aslida, bu ta’riflar uning o‘ziga munosib (Putin – manba), – dedi Turkiya prezidenti juma namozidan keyin jurnalistlarning savollariga javob berar ekan. – Men Putin bilan uchrashganimda u haqda shunday xulosaga keldim. U haqiqatan ham adolatli odam".

Erdo‘g‘an, shuningdek, Rossiya "va’dalarini bajaradigan noyob mamlakatga aylanganini, u bilan ham mustahkam aloqalar o‘rnatishga muvaffaq bo‘lganini" ta’kidladi.

"Biz [Rossiya bilan] o‘z oldimizga qo‘ygan maqsadlarimizga ishonch bilan boramiz va bundan keyin ham shu yo‘lda davom etishimizga ishonaman", – deya qo‘shimcha qildi u.

Kiritildi: 17:28 25.12.2020. O'qildi: 6767 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!