G‘azo sektoridagi vaziyat nafaqat insonparvarlik inqirozi, balki xalqaro tizimning samimiyligini sinovdan o‘tkazish ham bo‘ldi.
Anadolu xabar bergani kabi, Turkiya prezidenti Rajab Toyyib Erdo‘g‘an Vengriyadan qaytayotib, samolyotda jurnalistlarning savollariga javob berar ekan, shunday dedi.
Turkiya davlati rahbari "G‘arb tuzilmalari G‘azo sinoviga bardosh bera olmaganidan" afsus bildirdi. "Tarix G‘azo sinovidan o‘ta olmaganlar haqida o‘z hukmini chiqaradi. Ular o‘z sukutlari bilan... inson huquqlari va xalqaro huquq haqidagi barcha da’volarini puchga chiqardilar. Bolalar o‘q va bombalardan, endi esa ochlikdan halok bo‘layotgan dunyoda jim o‘tirish mumkinmi?" - dedi Turkiya yetakchisi.
Prezident Erdo‘g‘an Turkiya G‘azo aholisiga oziq-ovqat yordami ko‘rsatish uchun barcha zarur harakatlarni davom ettirishiga ishonch bildirdi. Uning aytishicha, Turkiya uchun G‘azo va umuman Falastindagi vaziyatni iloji boricha tezroq yaxshi tomonga o‘zgartirish ustuvor vazifa hisoblanadi.