Avvalroq, Rossiya Federasiyasi prezidenti Vladmir Putin “Turk Akimi”(“Turk tabiiy gaz tarmog‘i”)ning ochilish marosimida qatnashish uchun Istanbulga tashrif buyurgani haqida xabar bergan edik. Istanbul Kongress Markazida tashkillashtirilgan tadbirda Vladimr Putin va Toyib Erdo‘g‘an loyiha bo‘yicha bayonot berdi.
“Energiya sohasida olib borayotgan hamkorligimiz o‘z samarasini bermoqda. Ushbu loyihaga 2014 yilda tamal toshi qo‘ygan edik. Mana bugun uning tarixiy bosqichida turibmiz. Import qiladigan tabiiy gazimizning hech bo‘lmaganda yarmini Yevropa mamlakatlariga yetkazishni rejalashtiryapmiz. Ham o‘zimizning, ham Yevropa mamlakatlarining tabiiy gazga bo‘lgan ehtiyojini qondiramiz”, deb takidladi Erdo‘g‘an.
Turkiya prezidentining qo‘shimcha qilishicha, Rossiya Turkiya uchun Energiya sohasida eng ishonchli hamkor sanaladi. 1987 yildan beri Rossiya Turkiyaga 387 milliard metr kub tabiiy gaz eksport qilgan.
“Rossiya Xitoy bilan 100 milliardlik hajmdagi tovar aylanmasiga ega. Bu ko‘rsatgichga Turkiya bilan ham erishishimiz mumkin”, deb kayd etdi Putin.
Manba: qalampir.com