Turkiya prezidenti Rejep Tayyip Erdog‘an husiylarning Ar-Riyoddagi Qirol Xolid nomidagi xalqaro aeroportga hujumini keskin qoralab, Saudiya Arabistonini qo‘llab-quvvatlashini ma’lum qildi.
Bu haqda Turkiya rahbari Anqaradagi prezident majmuasida bo‘lib o‘tgan Vazirlar Mahkamasi yig‘ilishi yakunida ma’lum qildi.
"Bo‘linish va parchalanish faqatgina mintaqamizni qon daryosiga aylantirishga intilayotgan yovuz kuchlar manfaatiga xizmat qiladi, deb hisoblaymiz. Husiylarning 10 oktyabr kuni Ar-Riyod shahridagi Qirol Xolid xalqaro aeroportiga uyushtirgan hujumini keskin qoralaymiz. Hujum oqibatida 12 kishi halok bo‘lgan, 309 kishi tan jarohati olgan.
Halok bo‘lganlar orasida Umra ibodatini ado etayotganlar ham bor edi. Hayotdan ko‘z yumgan qardoshlarimizni Alloh o‘z rahmatiga olsin, jarohatlanganlarga esa tezroq shifo tilaymiz", — deb bayonot berdi Turkiya yetakchisi.