Bugun 13 may, 2024 yil, dushanba

КИР

Erdo‘g‘an AQShni ogohlantirdi

Erdo‘g‘an AQShni ogohlantirdi

Turkiya prezidenti Rajab Toyyib Erdo‘g‘anning New York Times uchun maqolasida ogohlantirishicha, AQSh siyosati Vashington yangi ittifoqchilar izlashga majbur bo‘lishi bilan bog‘liq holatga olib kelishi mumkin.

"Kun" nashrining xabar berishicha, «So‘nggi yillarda bizning sherikligimiz turli qarama-qarshiliklarga duch kelmoqda... Agar Amerika Qo‘shma Shtatlari Turkiyaning suverenitetini hurmat qilmasa va mamlakatimizga tahdid solayotgan xavf-xatarni tushunib yetmasa, unda sherikchilik ham tahdid ostida qoladi», - deyiladi maqolada.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq Turkiya AQSh sanksiyalariga e’tibor bermasligi va Erondan gaz sotib olishda davom etishi haqida xabar berilgandi.

Turkiya energetika va tabiiy resurslar vaziri Fotih Denmezning ma’lum qilishicha, Turkiya AQShning sanksiyalariga qaramay, Eron gazini sotib olishni davom ettiradi.

 

Kiritildi: 15:34 11.08.2018. O'qildi: 1456 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!