Rossiya prezidenti Vladimir Putinning Turkiyaga taklif qilingan tashrifi sanasi hali aniqmas. Bu haqda Turkiya prezidenti Rajab Toyyib Erdo‘g‘on aytdi.
Uning so‘zlariga ko‘ra, tomonlar bu boradagi maslahatlashuvlarni davom ettirmoqda.
“Sana ma’lum emas, lekin tashqi ishlar vaziri, razvedka tashkiloti rahbari, hammasi muzokara olib bormoqda”, dedi u Istanbuldagi juma namozidan keyin jurnalistlarga.
Davlat rahbari rossiyalik hamkasbi avgust oyida Turkiyaga tashrif buyurishiga umid bildirdi.