Bugun 5 iyul, 2024 yil, juma

КИР

Erdog‘an va Bayden iyulda muzokara o‘tkazishi mumkin

Erdog‘an va Bayden iyulda muzokara o‘tkazishi mumkin

Turkiya va AQSh Prezidentlari Rejep Tayyip Erdog‘an va Jo Bayden o‘rtasidagi qoldirilgan muzokara 9-11 iyul kunlari Vashingtonda bo‘lib o‘tadigan NATO sammiti doirasida uyushtirilishi mumkin, deb xabar tarqatdi “Habertürk” telekanali tegishli manbalarga tayanib.

“Erdog‘anning AQShga tashrifi 9 mayga mo‘ljallangan edi, biroq ish jadvallari bir-biriga to‘g‘ri kelmagani uchun ikki tomon uchun ham qulay bo‘lgan boshqa muddatga qoldirildi”, deb xabar tarqatdi mamlakat TIV. Turkiya yetakchisining o‘zi grek tilida chiqadigan “Katimerini” gazetasiga bergan intervyusida AQShga tashrif hamda Prezident Jo Bayden bilan muzokara bekor qilinishiga tomonlar ish jadvalidagi tig‘izlik sabab bo‘lganini ma’lum qilgan.

Taxmin qilinishicha, Ukrainadagi voqealar sammit kun tartibiga kiritilgan asosiy masala bo‘lishi mumkin.

Shuningdek, Erdog‘an Alyans yetakchilari e’tiborini Isroilning Falastin hududiga hujumi hamon davom etayotganiga ham qaratadi.

Kiritildi: 22:30 28.06.2024. O'qildi: 780 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!