Bugun 8 sentyabr, 2024 yil, yakshanba

КИР

Erdog‘an «Turkmaniston faxriy oqsoqoli» unvoni bilan taqdirlandi

Erdog‘an «Turkmaniston faxriy oqsoqoli» unvoni bilan taqdirlandi

Turkmaniston prezidenti Serdar Berdimuhamedov turkiyalik hamkasbi Erdo‘g‘anga «Turkmaniston faxriy oqsoqoli» unvonini berdi.

📨 Turkmaniston rahbari bu haqda Turkiya prezidenti Rajab Toyyib Erdo‘g‘anning 70 yillik yubileyi munosabati bilan yo‘llagan tabrik maktubida ma’lum qildi.

– Ko‘p yillar davomida turli rahbarlik lavozimlarida ishlab, mamlakatni izchil rivojlantirish, xalq manfaatlarini himoya qilish, milliy strategiya va dasturlarni hayotga tatbiq etishga katta e’tibor qaratasiz. Sizning istiqbolli rahbarligingiz ostida Turkiya Respublikasi ayni paytda global tinchlik va barqaror taraqqiyotni ta’minlashga munosib hissa qo‘shmoqda, mintaqada va uning chegaralaridan tashqarida ham ulkan hurmat va obro‘-e’tibor qozondi”, — deyiladi xabarda.

Kiritildi: 23:00 26.02.2024. O'qildi: 796 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!