Bugun 15 may, 2024 yil, chorshanba

КИР

Erdog‘an: «BMTdan adolat kutib bo‘lmaydi»

Erdog‘an: «BMTdan adolat kutib bo‘lmaydi»

Turkiya prezidenti Rajab Toyyib Erdog‘an yana bir bor BMTni isloh qilishga chaqirdi, deya xabar bermoqda Anadolu agentligi.

Uning aytishicha, musulmonlar global muammolarni hal etishda qatnasha olmayapti. Qolaversa, musulmon mamlakatlar o‘z kelajaklarini muhokama qilishdan ham chetlatilgan.

1,7 milliard kishilik Islom dunyosining BMT Xavfsizlik Kengashi doimiy a’zolari orasida vakili yo‘q. Qaytarib aytaman: BMT Xavfsizlik Kengashining besh doimiy a’zosi dunyoning taqdirini hal qilmasligi kerak , dedi Turkiya prezidenti.

Shuningdek, u Xavfsizlik Kengashining 15 muvaqqat a’zosining hech qanday ahamiyati yo‘qligini, ular qo‘lini ko‘tarib-tushirish dan boshqa narsaga yaramasligini aytdi.

Manba: azon.uz

Kiritildi: 11:06 27.12.2018. O'qildi: 1430 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!