Bugun 14 may, 2024 yil, seshanba

КИР

Erdog‘an: "Anqara Kiyev va Moskva o‘rtasida vositachi bo‘lishda davom etadi"

Erdog‘an: "Anqara Kiyev va Moskva o‘rtasida vositachi bo‘lishda davom etadi"

Turkiya prezidenti Rajab Toyyib Erdog‘an AQSh prezidenti Jo Baydenga Anqara Kiyev va Moskva o‘rtasida vositachilik qilishda davom etishiga va’da berdi, deb yozadi “TASS”.

Erdog‘an Turkiya uchun mojaroning har ikki tomoni bilan muzokara olib borishi va uni diplomatik yo‘l bilan hal qilish uchun sa’y-harakatlarni amalga oshirish muhimligini, ayniqsa vaziyat yomonlashgan taqdirda, ta’kidladi.

“Prezident Erdog‘an Rossiya va Ukraina tashqi ishlar vazirlarining Antaliyada o‘zaro to‘g‘ridan-to‘g‘ri muloqot qilish uchun uchrashuvi muhimligini ta’kidladi. Prezident hattoki ularning uchrashuvini tashkil etish diplomatiyaning g‘alabasi ekanini aytib o‘tdi”, — deyiladi Turkiya rahbari idorasi bayonotida.

Nizomjon Islomov tayyorladi.

Kiritildi: 23:50 10.03.2022. O'qildi: 2816 marta. Fikrlar soni: 1 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!