Erda 10 oktyabr kuni so‘nggi uch oy ichidagi eng kuchli geomagnit bo‘ron kuzatildi. Uning quvvati G3 darajasiga yetdi. Bu haqda Rossiya Fanlar akademiyasi Kosmik tadqiqotlar instituti Quyosh astronomiyasi laboratoriyasi mutaxassislari ma’lum qildi.
Mutaxassislar ma’lumotiga ko‘ra, magnit bo‘roni 10 oktyabr kuni taxminan soat 20:00 da boshlangan. Biroq u kutilganidan ertaroq tugagan. 11 oktyabr kuni soat 09:30 ga kelib, Yer magnitosferasi tinch holatga qaytgan, geomagnit faollik indeksi Kp=1 ni tashkil etgan.
Bunday kuchdagi avvalgi magnit bo‘roni 2026 yil 4 iyulda qayd etilgan edi.
Geomagnit buzilishlarga hafta boshida yuz bergan kuchli Quyosh faolligi sabab bo‘lgan. Quyoshdan kosmosga otilgan plazma bulutlari Yer yaqiniga yetib kelib, magnitosferaga ta’sir ko‘rsatgan. Hodisa 50 daraja va undan yuqori geografik kengliklarda kuzatilishi mumkin bo‘lgan kuchli qutb yog‘dusi bilan ham kechgan.