Bugun 16 may, 2024 yil, payshanba

КИР

Erda muzlarning erishi so‘nggi 30 yilda qanchaga tezlashgani ma’lum bo‘ldi

Erda muzlarning erishi so‘nggi 30 yilda qanchaga tezlashgani ma’lum bo‘ldi

Britaniyalik tadqiqot guruhi sayyoradagi muzlarning erish darajasi 1994–2017 yillarda 65 foizga oshganligini aniqladi.

Bu haqda «SciTechDaily»ga tayanib "Teznews.uz" xabar berdi.

Shunday qilib, 23 yil ichida Yerda 28 trillion tonna muz erib ketgan. Bu Buyuk Britaniyaning kattaligi 100 metr qalinlikdagi muz qatlamiga tengdir. Erish darajasi 1994 yilda yiliga 0,8 trillion tonna bo‘lgan bo‘lsa, 2017 yilda bu daraja 1,3 trillion tonnaga ko‘tarilgan. Yo‘qotishlarning aksariyati Antarktida va Grenlandiyada muz qatlamlarining erishi natijasida yuzaga kelgan.

Ta’kidlanishicha, muzlarning erishi dengiz sathi darajasini ko‘taradi va qirg‘oq bo‘yidagi shaharlar va ekotizim uchun xavf tug‘diradi. Tadqiqot mualliflari butun sayyora bo‘ylab muzlarning erishi atmosferadagi harorat ko‘tarilishi (68 foiz) va okean suvlari haroratining oshishi (32 foiz) tufayli sodir bo‘lganligini ta’kidladi.

Kiritildi: 04:30 26.01.2021. O'qildi: 1995 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!