Er sayyorasida avgust oyi boshidan buyon uchinchi magnit bo‘roni qayd etildi. Bu haqda Rossiya Fanlar akademiyasi Kosmik tadqiqotlar instituti huzuridagi Quyosh astronomiyasi laboratoriyasi ma’lum qildi.
Mutaxassislarning prognozlariga ko‘ra, bu galgi geomagnit faollik uzoq davom etmaydi. Kutilishicha, Yer magnit maydonidagi o‘zgarishlar bir necha soat ichida susaya boshlaydi.
Laboratoriya ma’lumotida aytilishicha, tush vaqtiga qadar magnit maydoni yana zaif darajadagi beqaror holatga qaytishi mumkin.
Shu tariqa, joriy hodisa avgust oyida Yerga ta’sir qilgan uchinchi magnit bo‘roni bo‘ldi.