Bugun 23 mart, 2026 yil, dushanba

КИР

Erbil aeroporti yaqinida portlashlar sodir bo‘ldi

Erbil aeroporti yaqinida portlashlar sodir bo‘ldi

Iroqning Erbil xalqaro aeroporti yaqinida, shuningdek AQSh harbiy bazasi joylashgan hududda ketma-ket portlashlar eshitildi.

Anadolu agentligi ma’lumotiga ko‘ra, aeroport hududiga kamikadze-dronlar yordamida hujum uyushtirilgan.

Hujum paytida havo hujumidan mudofaa tizimlari ishga tushirilgan va bir necha portlash ovozlari qayd etilgan. Dastlabki ma’lumotlarga ko‘ra, dronlar PVO vositalari tomonidan yo‘q qilingan va hech qanday zarar yetmagan.

Hozircha voqea yuzasidan rasmiy bayonotlar berilmagan.

Kiritildi: Bugun 21:57. O'qildi: 330 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!