Shavkat Mirziyoyev yer resurslaridan samarali foydalanishga qaratilgan yangi takliflar bilan tanishdi.
Qisqacha o‘zgarishlar:
➖ qishloq xo‘jaligi yerlari auksionlarida faqat mahalliylar ishtirok etadi;
➖ xorijiy investorlarga yer berish shartlari qat’iylashtiriladi (kamida $10 mln loyiha);
➖ ayrim strategik yerlar faqat fuqarolarga beriladi
➖ ijara muddati barcha yerlar uchun 49 yil qilinadi;
➖ yer ijara huquqini garovga qo‘yish imkoniyati kengayadi;
➖ yerni noqonuniy egallash uchun javobgarlik kuchaytiriladi
➖ davlat ehtiyoji uchun olingan yer kompensasiyasi soliqdan ozod qilinadi.