Bugun 14 sentyabr, 2026 yil, dushanba

КИР

Eng yirik savdo yo‘llaridan biri xusiylar sababli xavf ostida qoldi

Eng yirik savdo yo‘llaridan biri xusiylar sababli xavf ostida qoldi

Yamanlik xusiylar so‘nggi kunlarda hujumlarni keskin kuchaytirib, Qizil dengiz sohilining muhim qismlari ustidan nazorat o‘rnatdi. Yaman hukumati ma’lumotlariga ko‘ra, isyonchilar endi Bob-ul-Mandab bo‘g‘ozini nazorat qilmoqda. Ushbu strategik bo‘g‘oz Aden qo‘ltig‘ini Qizil dengiz bilan bog‘laydigan muhim dengiz savdo yo‘llaridan biri hisoblanadi.

Shu bilan birga, Eron tomonidan qo‘llab-quvvatlanayotgan guruh Saudiya Arabistoniga hujumlarni ham kuchaytirdi. Shanba kuni xusiylar mamlakat janubidagi harbiy bazaga raketa va dronlar orqali zarba berdi. Saudiya rasmiylari ma’lum qilishicha, raketalardan biri chegara hududiga tushib, ikki kishini jarohatlagan.

Xusiylar, shuningdek, Saudiya Arabistoniga blokada e’lon qilib, uning neft tashuvchi tankerlari va neft ob’ektlariga hujum qilmoqda.

Bundan tashqari, Eron tomonidan qo‘llab-quvvatlanayotgan guruhlarning zarbalari Saudiyaning «Sharq — G‘arb» neft quvuri faoliyati to‘xtashiga olib keldi. Bu Eron tomonidan Hurmuz bo‘g‘ozi bloklanganidan keyin neft tashish uchun eng muhim muqobil yo‘nalishlardan biri edi.

Natijada bir vaqtning o‘zida neft yetkazib berishning bir nechta muhim yo‘nalishlari xavf ostida qoldi.

Vaziyatning keskinlashishi ortidan jahon neft ta’minoti bo‘yicha xavotirlar kuchaymoqda. Brent neftining bir barreli narxi qisqa vaqt ichida 110 dollardan oshdi.

Iyul oyidan beri Yamandagi yangi to‘qnashuvlar tufayli kamida 76 ming kishi o‘z uylarini tark etgan, ularning 70 mingdan ortig‘i faqat sentyabr oyi boshidan buyon ko‘chishga majbur bo‘lgan.

Kiritildi: 23:01 13.09.2026. O'qildi: 406 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!